Kasaba uyushmasi — ishchi-xodimlar manfaati himoyachisi
Samarqand shahrida sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi ijroiya qo‘mitasining 11-yig‘ilishi ham onlayn, ham oflayn tarzda o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar kengashlari raislari ishtirok etdi.
Unda yil dasturidan kelib chiqib ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosi hamda jamoa kelishuvlarining mazmuni va bajarilishi muhokama markazida bo‘ldi.
Tadbir davomida sog‘liqni saqlash tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda kasaba uyushmasi tashkilotlarini tuzish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida to‘xtaldi.
Mas’ullar tomonidan sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tgan davr mobaynida bajarilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Tizimdagi boshlang‘ich tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ish beruvchilar tomonidan xodimlar mehnatini muxofaza qilish uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
H.Eltoyev.