Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarida ham “Call markaz”lar tashkil etildi
Davlat komissiyasi majlisining 2020 yildagi 1-son bayoniga muvofiq 2020 yil 5 iyuldan 20 iyulga qadar kasb-hunar maktablariga joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini onlayn qabul qilish davom etmoqda.
2020/2021 o‘quv yili uchun kasb-hunar ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish jarayonlari onlayn tarzda kasb.edu.uz elektron paltforma orqali amalga oshirilmoqda.
✅ Professional ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul jarayonlari bo‘yicha fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida 71-246-11-92 “Call markaz” tashkil etilgan.
❗️ Shu bilan birga, fuqarolar kasb-hunar maktablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarida ham “Call markaz”lar tashkil etildi.
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi - (61) 224‑13‑66
👉 Andijon viloyati - (74) 228‑10‑02
👉 Buxoro viloyati - (65) 222‑01‑45
👉 Jizzax viloyati - (72) 226‑19‑75
👉 Qashqadaryo viloyati - (75) 221‑32‑97
👉 Navoiy viloyati - (79) 224‑62‑31
👉 Namangan viloyati - (69) 211‑71‑33
👉 Samarqand viloyati - (66) 235‑44‑54
👉 Sirdaryo viloyati - (67) 225‑47‑00
👉 Surxondaryo viloyati - (76) 224‑23‑78
👉 Toshkent viloyati - (70) 700‑75‑57
👉 Farg‘ona viloyati - (73) 244 90 14
👉 Xorazm viloyati - (62) 228‑48‑85
👉 Toshkent shahar - (71) 252‑23‑28