Samarqand davlat tibbiyot institutida Call-markaz ishga tushdi

Bugun, 16 iyuldan boshlab, Samarqanddagi koronavirus bilan bog‘liq tibbiy masalalar bo‘yicha 1105 raqamli maxsus Call-markaz qayta ishga tushdi.

Institutdagi Call-markaz 24 soat uzluksiz ishlaydi. Unda 12 nafar klinik ordinatorlar uch smenada faoliyat olib bormoqda. Mutaxassislar o‘zini koronavirusga chalinganlikda gumon qilgan fuqarolarga tibbiy maslahat beradi.

24 soat mobaynida ishlaydigan mazkur xizmat koronavirus kasalligidan davolanayotgan va uy sharoitida karantinga olingan yurtdoshlarimizni alohida tibbiy axborot bilan ta’minlash, ular haqida ma’lumotni o‘rganib turish uchun tashkil etildi.

Fuqarolar barcha telefon aloqalari orqali mazkur raqamga murojaat qilishlari va kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.