Kattaqo‘rg‘on IIB xodimi bo‘rttirib yozilgan maqolasi uchun ogohlantirildi
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, kapitan Vohid Jahongirov tomonidan yozilgan "Nafsiga qul kimsalar, dardlari pul kimsalar yoxud noinsof ayolning qilmishi oldi olindi” sarlavhali maqolasi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu maqola yuzasidan bildirilayotgan fikr va mulohazalar turlicha.
Nima bo‘lganda ham, birovning mashaqqat bilan davlat xirmoni uchun ekkan hosilini talon-toroj qilishga hech kimning haqqi yo‘q.
Ushbu holatda ayol kishining qilmishiga qonuniy jihatdan baho beriladi. Lekin IIB xodimi tomonidan haqiqatan ham bo‘rttirilib yozilgan ushbu maqola egasi bilan tushuntirish ishlarini olib bordik.
Ayol xoh jinoyatchi bo‘lsin, xoh huquqbuzar bo‘lsin, u — ayol. Ularni ardoqlash va qadrlash lozim. Maqola muallifi V.Jahongirov bilan yana bir marotaba alohida gaplashib, rasman ogohlantirdik.
Tarmoq foydalanuvchilaridan bir xodimning so‘zlari uchun butun bir tizim nomiga noo‘rin so‘zlar aytishdan yiroq bo‘lishlarini iltimos qilamiz», deyilgan boshqarma munosabatida.