“Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasidan yirik miqdordagi soliq qarzdorligi undirildi
Bunda tuman davlat soliq inspeksiyasining tegishli hujjati asos bo‘lgan. Mazkur hujjat asosida majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limida ijro ishi qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutassadi so‘rov xatlari yuborilgan.
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor “Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatidan undiruvchi Kattaqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 775 million 960 ming so‘m soliq qarzdorligi undirildi.
Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi.