Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari hokimning mahalladagi yordamchisi bo‘ldi

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Feruza Rahimova 2022 yil 11 yanvardan o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi.

Shahar hokimining bu haqdagi qarori shu yilning 11 yanvar kuni shahar hokimini vaqtincha bajaruvchi B.Sayipov tomonidan imzolangan.

Samarqand viloyati hokimining 2022 yil 11 yanvardagi farmoyishi ilovasida keltirilishicha, F.Rahimova Kattaqo‘rg‘on shahridagi Yermachit mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi vazifasiga tayinlangan.