“Kattaqo‘rg‘on suv ombori”da noqonuniy baliq ovlagan shaxslar ushlandi

“Brakonerlikka qarshi kurash oyligi” doirasida Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiya xodimlari tomonidan "Kattaqo‘rg‘on suv ombori"da reyd tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismiga (ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish) asosan dalolatnomalar tuzildi.

Hozirgi vaqtda hujjatlar tegishli tartibda ma’muriy ishlar bo‘yicha sud organiga taqdim etish uchun to‘planmoqda.