Kattaqo‘rg‘on tumanida 28 ta ijtimoiy soha ob’yektlari foydalanishga topshirildi

Tumanda 2023 yilda 28 ta ijtimoiy soha ob’yektlarida qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Bu maqsadlar uchun qariyb 50 milliard so‘m mablag‘ sarflangan. Natijada 12 ta umumta’lim maktabi foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, 8 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti,  2 ta umumta’lim  maktabida sport zali, 2 ta umumta’lim  maktabida faollar zali va kutubxona qurildi.

Bundan tashqari, 2 ta oilaviy shifokorlik punkti qurilgan bo‘lsa, bitta oilaviy shifokorlik punkti kapital ta’mirlangan va bitta tez tibbiy yordam bo‘limi binolari qurilib foydalanishga topshirilgan.