Allergik rinit qanday kasallik?
Kunlar sovushi bilan aholida surunkali va mavsumiy xastaliklar paydo bo‘ladi.
Allergik rinit ana shunday kasalliklardan hisoblanadi. Bu - burunning surunkali yallig‘lanishi bo‘lib, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 25 foiz aholi bu kasallikka chalingan.
Allergik rinitning asosiy belgilari:
- burundan tiniq va ko‘p miqdorda oqmalar oqishi;
- aksirish, terining qichishi, tomoq og‘rig‘i;
- burun bitishi;
- yuqori bo‘lmagan harorat;
- toshmalar;
- ovqat hazm qilishning buzilishi.
Allergik rinitda belgilangan davolanish bilan bir qatorda gipoallergik parhezga rioya qilish kerak. Yong‘oq, yeryong‘oq, nok, banan, kivi, selderey, qizil olma, gazlangan ichimliklar iste’mol qilish mumkin emas. Kam-kamdan tez-tez, parhez bilan ovqatlanish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, erta tongda yoki yomg‘irdan keyin piyoda yurish kerak. Lekin shamolli, sovuq havoda sayr qilish kerak emas. Imkon qadar tashqarida niqobda yurish zarur. Uyni kimyoviy moddalaridan foydalanmasdan tez-tez tozalab turish maqsadga muvofiq. Ko‘chadan kelganingizdan keyin kiyimingizni almashtirishingiz, yuz-qo‘lingiz va burun bo‘shlig‘ini yuvishingiz kerak. Patli yostiqlar eng yaxshi sintetik gipoallergiklar bilan almashtirilishi lozim.
O‘zingizcha, mustaqil davolanmaslik kerakligini unutmang, chunki bu jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Alisher Hayitov,
SamDTU 2-son otorinolaringologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi