Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktab hududida sauna qurilgan(mi?)

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi maktab hududida sauna qurilgani haqidagi ma’lumotlar tarqatildi.
Xalq ta’limi vazirligi mazkur xabarlarni o‘rganib chiqdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, 2017 yilda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi qaroriga ko‘ra, maktab hududining bir qismi hokimlikning zaxira yerlari hisobiga o‘tkazilgan.
Xalq ta’limi vazirligi hokim qarorini bekor qilish bo‘yicha tegishli huquqni himoya qilish organlari bilan birga chora ko‘radi.