Kattaqo‘rg‘onda 30 sotix yer maydonini 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
- 17.04.2022 09:41
- 211
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari davlat tasarrufidagi yerlarni qonunga zid ravishda sotish bilan shug‘ullanib kelgan shaxsni qo‘lga oldi.
O‘tkazilgan tadbir davomida Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan X.U. mahalliy fuqaroga Kattaqo‘rg‘on tumani Qoradaryo atrofidagi 30 sotix yer maydonini 6 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, so‘ralgan pul mablag‘ining 3 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa