Kattaqo‘rg‘onda “opiy” giyohvandlik moddasini olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 10 sentyabr kuni DXX Samarqand viloyat boshqarmasi, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB jinoyat qidiruv bo‘limi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari hamkorligida Kattaqo‘rg‘on shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro I.Ya. boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mashinada bir dona sellofan paketga o‘ralgan “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.