Kattaqo‘rg‘ondagi gaz portlashi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- 12.10.2021 11:15
- 194
- Samarqand
8 oktyabrda Kattaqo‘rg‘on shahridagi xonadonlardan birida gaz portlashi oqibatida ikki kishi tan jarohati olgan edi.
Zarnews.uz muxbirlari voqeani o‘rganish chog‘ida aholi mazkur falokat ehtimolidan bir yildan buyon mas’ullarni, jumladan prokuraturani ham ogohlantirib kelayotgani aniqlandi.
Bugun, 12 oktyabr kuni, Bosh prokuratura axborot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
“Kattaqo‘rg‘on shahridagi xonadonlardan birida gaz portlab, ikki kishi tan jarohati olganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda” deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa