Kayfiyatni tushirmaslikning 5 ta usuli

1. Asabingizga tegishga harakat qilishsa, xayolingizda «ventilyator yoqing». U sizga qarata aytilgan achchiq so‘zlarning barchasini «o‘chirib» yuborayotganini ko‘z oldingizga keltiring.
2. Tasavvur qiling, sizni xafa qilishga urinayotgan suhbatdoshingiz akvarium ichida, siz esa tashqarisidasiz. Suhbatdoshingiz nimalardir gapirmoqda. Ammo siz suvda paydo bo‘layotgan pufakchalardan boshqasini ko‘rganingiz yo‘q.
3. Deylik, katta janjal boshlanish arafasida. O‘zingizni qo‘lga oling va baqirib-chaqirayotgan kishining o‘rnida oyoqlarini yerga urib, onasining e’tiborini tortishga harakat qilayotgan bolachani ko‘z oldingizga keltiring.
4. Arzimas hazil yoki achchiq so‘zga xafa bo‘laverishni odat qilmang. Kechira bilishni ham o‘rganing. Kim bilandir xafalashib qolgan bo‘lsangiz, yarashish yo‘lini qidiring. Ammo uning qay bir harakati sizni xafa qilganini ham o‘ziga bildirib qo‘ying.
5. Kechirishni o‘zingiz tomoningizdan keltirilgan katta qurbonlik, deb bilmang. Birovni kechira bilish sizni xotirjam, kuchli qiladi, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni orttiradi va hech nima kayfiyatingizni buza olmaydi.