Kecha Samarqandda 153 bemor koronavirusdan tuzaldi, 26 kishi infeksiyani yuqtirib oldi
🔺2021 yil 14 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 96 368 (+251) nafarni tashkil etmoqda.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 5 nafari Andijon viloyatida,
📌 2 nafari Buxoro viloyatida,
📌 3 nafari Jizzax viloyatida,
📌 2 nafari Navoiy viloyatida,
📌 26 nafari Samarqand viloyatida,
📌 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 6 nafari Xorazm viloyatida,
📌 28 nafari Toshkent viloyatida,
📌 168 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 324 nafar, shundan Samarqand viloyatida 153 nafar bemor kasallikdan sog‘aydi.
❗️Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 870 nafar bemor davolanmoqda, ularning 232 nafari og‘ir, 69 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.