Kechiktirilganda soliq qarzi plastik kartochkadan qancha miqdorda kesib olinadi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan joriy etilgan yangilik mana shunday holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Endilikda soliq organlariga yuzaga kelgan soliq qarzdorligini soliq to‘lovchi-jismoniy shaxslarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisobvaraqlaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridan ko‘p bo‘lmagan summada so‘zsiz kesib olish huquqi berildi. Bu o‘z navbatida qarzdorlikni undirishga, unga qo‘shimcha hisoblanadigan penya summalarining ortib ketmasligiga xizmat qiladi.
Xulosa shuki, joriy etilayotgan yangilik soliq xizmati organi xodimi ish samaradorligini oshirish, mablag‘larni o‘z vaqtida davlat byudjetiga tushirishga imkon beradi.
A.ALMASOV, Tayloq tumani
DSI boshlig‘i