Kelin endi qayerda yashaydi?

Ayolning kelin bo‘lib tushgan uyida turmush o‘rtog‘i vafot etgandan so‘ng yashash huquqi bormi?

Farida MAMARASULOVA,

Payariq tumani.

- Oila kodeksining 32-moddasiga asosan uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar.

Ular mulkdor bergan turar joyga o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko‘chirib kiritishga ham haqli. Oilaning boshqa a’zolarini esa uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina ko‘chirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.

Savolga huquqshunos S.ALIBEKOV javob berdi.