Kelin qaynotasiga ketmon bilan jarohat yetkazdi

Amudaryolik kelin qaynotasini ketmon bilan jarohatladi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida yashovchi 25 yoshli R.S. ismli ayol uyida oilaviy janjal oqibatida qaynotasi 62 yoshli F.X.ning orqa ko‘krak qismiga ketmon bilan urib, jarohatladi.

Qaynota kelin janjalidan so‘ng, 62 yoshli erkak shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.Sobirova qo‘lga olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.