Keniyada karantin qoidalarini buzgan yosh bolani politsiyachilar otib o‘ldirdi

Keniyaning Nayrobi shahrida komendat soati vaqtida ko‘chalarni nazorat qilib yurgan politsiyachilar ularni balkondan kuzatib turgan yosh bolaga qarata o‘q uzishdi. U ko‘p qon yo‘qotish oqibatida kasalxonada vafot etdi. Bu haqda CNN agentligi xabar berdi.

Bola opasi bilan politsiyachilarni kuzatish uchun balkonga chiqqan. Vafot etgan bolaning opasining so‘zlariga ko‘ra, politsiya potrulchilari dastlab ularga chiroq tutishgan, keyin ularni o‘qqa tuta boshlashgan. O‘qlarning biri bolaning qorniga tekkan. Qo‘shnilar tomonidan bola zudlik bilan kasalxonaga yetkazib borilganiga qaramasdan, u kasalxonada vafot etgan.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Keniyada politsiyachilarga komendat soati vaqtida qoidani buzgan fuqarolarga qarata o‘q uzishga ruxsat berilgan.