Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kiyevdagi “Shulyavskaya” metro bekati yonida portlash sodir bo‘ldi

Ukraina poytaxti Kiyev shahridagi “Shulyavskaya” metro bekati yonida portlash sodir bo‘ldi. Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, portlash oqibatida 4 kishi jarohatlangan. Bu haqda 17 iyul kuni Ukraina milliy politsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Politsiya bergan ma’lumotga ko‘ra, portlash “Shulyavskaya” metro bekatiga kirishda sodir bo‘lgan. Voqea joyiga zudlik bilan politsiya bo‘linmalari, tezkor-qidiruv guruhlar, portlovchi moddalar mutaxassislari, kinolog va boshqa xizmat xodimlari yetib borgan.

“Tezkor-qidiruv guruhi tomonidan portlash chiqindi tashlash qutisida sodir bo‘lgani aniqlandi”, deya xabar berdi politsiya matbuot xizmati. Voqea bezorilik sifatida baholanilayotganligi ta’kidlanmoqda.