Kimlar OTMga kirish imtihonlari uchun pul to‘lamaydi?
Ushbu savolga Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ishtirokida AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda quyidagicha javob olindi:
To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar:
🔹 Ta’lim muassasalari (maktab, litsey va kollejlar)ni 2020 yilda tamomlaganlar;
🔹 Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bor shaxslar;
🔹 To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
🔹 Chet el fuqarolari;
🔹 Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga (ma’daniyat, san’at, sport va hokazo) ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar;
🔹 Test sinovlarisiz, ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihon o‘tkaziladigan va o‘qitish qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga topshirganlar;
🔹 Ota (onasi) xizmat vaqtida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari;
🔹 Ota (onasi) xizmat vaqtida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;
🔹 Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar (respublika bosqichi g‘oliblari);
🔹 Harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda beriladigan tavsiyanomaga ega abituriyentlar;
🔹 Tanlov yoki musobaqa g‘oliblari hamda davlat mukofoti sohiblari (xalqaro fan olimpiadasi, Respublika va xalqaro sport musobaqalari, Zulfiya mukofoti, Tarbiyachi tanlovi, Hamshira tanlovi, Nihol mukofoti, Kelajak ovozi, Badiiy akademiya, Mard o‘g‘lon).