Kimlarga benzin sotib olish uchun oylik kompensatsiya to‘lanadi?
Qonunchilikka muvofiq bir qator shaxslarga avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiya to‘lanadi. 2019 yil 15 avgustdan kompensatsiya miqdori 75 000 so‘mni tashkil etadi.
Kompensatsiya olish huquqiga ega shaxslar ro‘yxati:
- urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
- mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlari;
- I va II guruh bolalikdan nogironlar.
Kompensatsiyani tayinlash uchun pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza;
- pasport nusxasi;
- imtiyozga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun);
- tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari nusxalari (mehnatda mayib bo‘lish, kasb kasalligi tufayli nogironlar va bolalikdan nogironlar uchun);
- avtomototransportning texnik pasporti nusxasi;
- haydovchilik guvohnomasi nusxasi yoki Ikkinchi jahon urushi nogironi bilan doimiy birga yashaydigan va u bilan bir turar-joy maydonida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosining haydovchilik guvohnomasi, pasporti nusxalari va u tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish huquqiga ishonchnoma.