Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini standart namunalari bilan birga sotishi kerak
“Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq:
2021 yil 1 martdan boshlab pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa zaharli kimyoviy moddalarni ishlab chiqaradigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiradigan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ushbu moddalarning standart namunalari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklar o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatiga kiritilishini va ushbu standart namunalari bilan birga sotilishini ta’minlaydi.