Kirkorovning konsertida tanqidga uchragan raqqos va raqqosalarning kiyinish madaniyatiga vazirlik munosabat bildirdi

Joriy yilning 18 dekabrida «Humo Arena» muz saroyida Filipp Kirkorovning konsert dasturi tashkil etildi. Konsertda ko‘plab ko‘shiqlar va raqslar ijro etildi.

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda konsert dasturidagi raqqos va raqqosalarning kiyinish madaniyatiga e’tirozlar kuchayib bormoqda. «Madaniyat vazirligi qayerga qarayapti?», «Madaniyat vazirligi bunga qanday ruxsat berdi?» qabilidagi savollar tarqaldi.

Madaniyat vazirligi bunga qo‘yidagi izohlarni beradi:

Madaniyat vazirligi tizimidagi «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi ushbu konsert ssenariysi va qo‘shiqlar mazmuni bilan tanishib chiqqan va e’tiroz bildirmagan;

xususiy tadbirkorlar konsert dasturlarini tashkil etishda, yurtimizga gastrol safarlari bilan tashrif buyuradigan san’atkorlarga kiyinish madaniyati to‘g‘risidagi tushunchani ham berib o‘tishlari lozim, deb o‘ylaymiz;

ushbu konsertdan xulosa qilgan xususiy tadbirkorlar endilikda ushbu jarayon takrorlanishining oldini oladi, degan umiddamiz.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, xalqimizning madaniyati, ma’naviyati va mentalitetimizni inobatga olib, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi bundan keyin har bir konsert dasturidagi kiyinish madaniyatiga ahamiyat berishini bildiramiz.