Viloyat hokimligi Yangi yil bayrami tomoshalariga taklif etadi!

27 dekabr kuni soat 15:00 dan boshlab Samarqand shahridagi Kimyogarlar qo‘rg‘onida Yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etiladi. Bayram tadbirida O‘zbekiston xalq artistlari Mardon Mavlonov, Mahmud Namozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov, "Nihol" mukofoti sovrindori Adham Soliyev, xonandalar Farhod va Shirin hamda viloyatimiz san’atkorlari o‘z ijodiy chiqishlari bilan qatnashadi.

Shuningdek, mazkur san’atkorlar ishtirokidagi tadbirlar shahrimizning viloyat musiqali drama teatri binosi oldida o‘rnatilgan bosh archada davom ettiriladi.

Xalq sevgan san’atkorlar ishtirokidagi bayram tadbirlari Sartepa maskani va Temiryo‘l vokzali hududida tashkil etilgan bayram sahnalarida ham o‘tkazilishi kutilmoqda.

Bayram tomoshalariga barcha yurtdoshlarimiz va mehmonlarni taklif etamiz!

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.