Kitob taqdimoti: "Yaxshilik yo‘llari"
Viloyatimizda o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari doirasida Payariq tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘tgan asrimizning 30-yillarida tug‘ilib, el-yurtimiz, tuman hayoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan va o‘zidan boy meros qoldirgan fidoyi inson Salohiddin Yo‘ldoshevning porloq xotirasi yodga olindi. Xususan, u kishi haqida farzandi Zafar Yo‘ldoshev va Iskandar Temirov muallifligida chop etilgan "Yaxshilik yo‘llari" kitobining taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan keksa avlod vakillari, S.Yo‘ldoshevni yaxshi tanigan, birga ishlagan va suhbatidan bahramand bo‘lgan faol nuroniylar o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Tuman hokimi Z.Ergashev Salohiddin Yo‘ldoshev amalga oshirgan ezgu ishlar, u kishining oilasi va farzandlari haqida gapirdi. "Nuroniylar" jamoatchilik kengashi tuman bo‘limi raisi Sa’dulla Boyzoqov esa S.Yo‘ldoshev bilan o‘tkazgan davrlarini, birga ishlagan kunlaridagi ayrim voqealarni hikoya qilib berdi.
Tadbir so‘ngida uch avlod vakillariga "Yaxshilik yo‘llari" kitobi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Jibak Ahadova.