Ko‘hna hammom yangi ko‘rinishda

Samarqand davlat muzeyi arxivida saqlanayotgan dalillarga ko‘ra, bu hammom 1888 yilda ta’mirlanib, qayta ishga tushirilgan. Mazkur hammomning xizmatidan kattaqo‘rg‘onliklar uch-to‘rt asr davomida foydalanishgan.
– Shahrimiz markazidagi qadimiy hammomning yopilib, faqatgina tashlandiq xarobalari qolganiga ham o‘ttiz yildan oshgan, – deydi Ochildimurod Miriy nomli mahalla faoli Abdulatif Toshpo‘latov. – Bundan 3-4 yil oldin shahrimiz tadbirkorlaridan Muhiddin Eshmonov ko‘hna hammomning ilk loyihasini izlab topib, hammomning buzilgan, ko‘milgan xonalari ochildi, issiq, sovuq, mo‘’tadil xonalar, suv isitish qozonlari yangilandi. Hammom gumbazlariga sayqal berildi, suv yo‘llari kanalizatsiyaga ulandi. 
Qadimiy holati saqlanib qolingan hammom ayni kunda Kattaqo‘rg‘on shahri va atrof tumanlar ahliga xizmat ko‘rsatayotir.

Abduaziz HOShIMOV.