Ko‘p kitob o‘qigan Mahliyo O‘roqova “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi Samarqand viloyat bosqichi g‘olibi

Oilamizda ham shunday muhit shakllangan. Gohida biron-bir asar ustida oilaviy bahsga kirishib ketamiz. Albatta, kitobga bo‘lgan qiziqishimga ustozim Nigora Husanovaning ham xizmati katta. U kishi menga kerakli kitoblarni topib berib, o‘qishga undagan.

Bu Samarqand shahrida 10-14 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibasi, Paxtachi tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mahliyo O‘roqovaning gaplari.

“Buyuk mutafakkir va adib”, “Badiiy asarlar bilimdoni” shartlari asosida o‘tkazilgan tanlovda o‘n olti nafar yosh kitobxon bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Kecha mazkur tanlovning viloyat bosqichi 15-19 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda ham shu maktabning 9-sinf o‘quvchisi Mashhura Kamolova birinchi o‘ringa munosib deb topildi va tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Bugun  20-30 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning uchinchi  bosqichida ham yoshlar yuqoridagi ikki shart bo‘yicha kuch sinashmoqda. Malakali mutaxassis va hakamlar hay’ati tomonidan baholab boriladigan shartlarda yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchi tanlovning respublika bosqichida qatnashadi.

Abdujabbor PO‘LATOV,

Baxtiyor MUSTANOV (foto).