Kobulda Qishloq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirish vazirligi xodimlari harakatlanayotgan mashina portlatilgan

Portlash bugun ertalab Kobul shahridagi tumanlardan birida yuz bergan, halok bo‘lganlar yo‘q. Bu haqda Hasht-e Subh gazetasi xabar berdi. "Al-Jazira" telekanaliga ko‘ra esa portlash oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor.

Voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.

Tolibon hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan.

Halok bo‘lganlar haqida ma’lum qilgan Qatarning "Al-Jazira" telekanali halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soniga aniqlik kiritmagan.

So‘nggi oylarda Afg‘oniston viloyatlarida, jumladan, poytaxt mintaqasida ham Tolibon tarafdorlari, ham tinch aholi halok bo‘lgan qator portlashlar, qurolli hujum va otishmalar sodir bo‘lgan. Ko‘plab qo‘poruvchilik harakatlari uchun javobgarlikni “Islom davlati” terrorchilik tashkilotining bo‘linmasi hisoblangan “Xuroson Islomiy davlat” guruhi o‘z zimmasiga olgan.