Kollejlar maktablarga berildi

Samarqand viloyati hokimining 2020 yil 1 iyuldagi qaroriga ko‘ra:

- Samarqand shahar axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining bo‘sh turgan ikki qavatli o‘quv binosi shahardagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun ajratiladi.

- Past Darg‘om tumanidagi Chandir iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejiga tumandagi 126-umumiy o‘rta ta’lim maktabi joylashtiriladi.

- Past Darg‘om agrosanoat kasb-hunar kolleji negizida 3-kasb-hunar maktabi tashkil etiladi.

- Kattaqo‘rg‘on tumani qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejiga tumandagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi joylashtiriladi. Maktab binosi esa kelgusi ta’lim muassasasi tashkil etish uchun tuman hokimligiga beriladi.

- Kattaqo‘rg‘on tumani iqtisodiyot va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji tumandagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga beriladi.

- Qo‘shrabot xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kolleji bino va inshootlaridan endilikda tumandagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qo‘shimcha bino sifatida foydalanadi.

- Payariq maishiy xizmat kasb-hunar kolleji tumandagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga berildi.