"Kompromatuzb" ishi sud muhokamasiga yuborildi

"Kompromatuzb" Telegram-kanali bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan Oliy sud matbuot xizmati ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi va 243-moddasi bilan ayblangan X. D. (1984 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan), Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasi bilan ayblangan S. X. (1983 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan), Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan A. A. (2004 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan) hamda Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a”, “b”, “v” bandlari bilan ayblangan M. M. (ayol, 1973 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan) ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda ushbu jinoyat ishi “E-XSUD” elektron axborot tizimi orqali sudyalar o‘rtasida taqsimlanish jarayonidadir.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 19 nafar jabrlanuvchi va 10 nafar fuqaroviy da’vogar mavjud bo‘lib, jinoyat oqibatida ularga jami 5 138 000 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.