Ko‘ngil ko‘zi nurli kitobxonlar

Jomboy tumanidagi 10-son bolalar musiqa va san’at maktabida viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati tuman bo‘linmasi hamkorligida “Ma’naviyat sarchashmasi” kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

Mushoira tarzida tashkil etilgan tadbirda har bir ishtirokchining badiiy chiqishi o‘ziga xos bo‘ldi.

Samarqand shahridan Mehrangiz Hotamovaning  ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi va u tanlovda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

- Adabiyotga juda qiziqaman, - deydi M.Hotamova. – Audiokitoblar tinglash jonu dilim. Ko‘pgina tanlovlarda qatnashib yaxshi natijalarni qo‘lga kiritganman. Ushbu tanlovda g‘olib bo‘lganim ham kitobxonlikka, ijodga bo‘lgan mehrimni yanada  orttirdi.

Tanlovda payariqlik Fayzulla Mardiyev va oqdaryolik Zamira Qarshiyeva ikkkinchi, samarqandlik Nuriddin Turdimurodov uchinchi o‘rinni egalladi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Orifjon ODILOV.