Ko‘ngil so‘raganga nima yetsin

Bugun Paxtachi tumani sog‘liqni saqlash tizimida 1400 nafar shifokor xizmat qiladi. Ularning 30 foizi nafaqa yoshida bo‘lsa-da, yosh hamkasblariga ibrat ko‘rsatib ishlashayapti. Ayniqsa, pandemiya sharoitida ularning kasbiy tajribasi, fidoyiligi yaxshi natija berdi.

Shu sababli tuman tibbiyot birlashmasi bunday faxriylarga izzat-ikrom ko‘rsatyapti. Yaqinda 20 nafardan ortiq pensiyadagi shifokorlar holidan xabar olindi, ularga badiiy kitoblar ulashildi, esdalik sovg‘alari berildi.

- Men Qarnab qishloq shifoxonasida 35 yil xizmat qildim, - deydi pensioner Muhabbat Farmonova. – Hozir uydaman. Yaqinda sohamiz rahbarlari shifoxonaga kelib, barcha pensionerlar bilan suhbatlashdi, hol-ahvol so‘radi, badiiy kitoblar sovg‘a qildi. To‘g‘risi, ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi. Men ham shifoxonaga kelib, yosh hamkasblarimga maslahat berib turishga qaror qildim.

- Bu xayrli ishni davom ettiramiz, - deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi Shavkat Jabborov. – Endi pensiyadagi hamshira va texnik xodimlar bilan muloqot uyushtiramiz. Markaziy shifoxonada faxriylar uchun burchak qildik. Unda tizim rivojiga xizmati singanlar surati va tarjimai holi qo‘yilgan.