Konstitutsiya mening hayotimda

Samarqand davlat universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganliginnng yigirma yetti yilligi munosabati bilan shu shior ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, xalqimizning istiqlol va ozodlik uchun olib borgan mashaqqatli kurashi, milliy manfaatlarimiz va intilishlarimizga asoslangan xalqaro huquq normalari bilan qiyoslangan muhim hujjatni qabul qilish bilan O‘zbekiston butun dunyoga inson huquqlarining muqaddasligi va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini rasman e’lon qildi. O‘sha daqiqadan e’tiboran xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, o‘z milliy boyliklariga o‘zi egalik qilishi Konstitutsiyada belgilab qo‘yildi.
- Bosh qonunimiz halqimizning kelajakka, yorug‘ kunlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi, - deydi akademik litsey direktori o‘rinbosari Ne’mat Abiyev. - Inson haqida g‘amxo‘rlik, uning qonuniy mafaatlarini himoya qilish, xuquqlarini ta’minlash asosiy masala hisoblanadi. Bugungi tadbirimiz ham o‘quvchilarimizning huquqiy savodxonligini oshirish, Bosh Qomusimizga bo‘lgan mehrini yuksaltirishga qaratilgan.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Konstitutsiya moddalari asosida yaratilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
To‘lin SIDDIQOV.