Konstitutsiyaga taklifim bor: Har kim o‘ziga javob berishi to‘g‘ri
Matbuotda Konstitutsiyaga “Shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklashga asos bo‘lishi mumkin emas”, deb qat’iy yozib qo‘yish kerakligi haqidagi taklifni o‘qidim.
Bu qarindosh-urug‘chilik, quda-andachilikni nihoyatda qadrlaydigan xalqimiz uchun qanchalik quvonchli xabar ekanligini tasavvur qilish qiyin. Bu mamlakatimizni tom ma’noda huquqiy davlat deb e’tirof etishga asos bo‘ladigan zo‘r va dangal taklif.
Taklif Konstitutsiyada aks etsa bilimi, iqtidori va quvvai hofizasi baland o‘zbegimning yigit va qizlarini o‘zini har tomonlama namoyon qilish, mamlakat va oilasi farovonligi yo‘lida halol va sadoqat bilan mehnat qilish imkoniyatini taqdim etishiga ishonchim komil. Muhimi, yurtimizni uzoq va yaqindagi “do‘stlari”ni ham, bizni ha deganda asossiz tanqid qiladigan, burro tilini qisib qo‘yadigan qaror.
Hamrotosh Shodiyeva,
Kattaqo‘rg‘on shahar Xalq qabulxonasi mudiri.