Konstitutsiyaga taklifim bor: Inson qadr-qimmati himoyalangan bo‘lishi kerak

Bosh Qomusimizning 40-moddasida har bir insonning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Biroq bu xizmatning malakaliligini qanday omillarga asoslanib aniqlaymiz?

Nazarimda, tizimni isloh qilish, unga oid qonunchilikni zamon talablariga moslashtirish vaqti yetdi.

Xususan, Konstitutsiyaning 40-moddasini “Aqlli tibbiyot” atamasi bilan to‘ldirish tarafdoriman. Aqlli tibbiyot – bu raqamli tibbiyotdir. U tezkor va aniq tashxis qo‘yish, davolash, kasallik­lar profilaktikasini amalga oshirish imkonini beradigan innovatsion texnologiyalarga asoslangan tizim. Bu o‘z navbatida “Yagona tibbiy ma’lumotlar markazi” konsepsiyasini ishlab chiqish zaruratini yaratadi. Natijada yurtimizda tibbiy xizmat sifati ortadi, shifokor ko‘rigidan o‘tishga sarflanadigan vaqt va xarajatlar sezilarli darajada qisqaradi. Asosiysi, aholining yuqori malakali va tezkor tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi mus­tahkamlanadi.

I.Umirov, Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi raisi.