Ko‘p qavatli uylarga videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi
O‘tgan yil viloyatimiz hududida 728 ta o‘zgalar mulkini o‘g‘irlash jinoyati sodir etilgan. O‘g‘irliklarning 264 tasi fuqarolarning xonadonlariga to‘g‘ri keladi.
2019 yilda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»da belgilanishicha, «Xavfsiz xonadon» konsepsiyasi doirasida viloyatdagi 1438 ta ko‘pqavatli uylar hamda aholining turur-joylariga, ushbu uylar joylashgan ko‘chalar boshiga, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, oliy ta’lim muassasalari, savdo shoxobchalari, chorrahalar, noislomiy diniy ob’yektlar va mehmonxonalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi.
Aholi yashash xonadonlarini qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkillashtirish va bunda asosan ov quroliga ega, hech kim yashamayotgan, uzoq muddatga ishlash uchun chiqib ketgan, oila a’zolari bilan har kuni ishga yoki o‘qishga boradigan xonadonlarga asosiy e’tibor qaratiladi.
«Xavfsiz shahar» konsepsiyasi doirasida avtomashinalarda sodir etilayotgan o‘g‘irlik jinoyatlariga chek qo‘yish maqsadida ko‘pqavatli uylar, savdo ob’yektlarida va boshqa joylarda videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan avtoturargohlar tashkil etiladi.