Koreya Milliy politsiya agentligi delegatsiyasi Samarqandda «Xavfsiz turizm» konsepsiyasi bo‘yicha qilinayotgan ishlarni kuzatdi
Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi bosh komissari janob Kim Chang Yong boshchiligidagi delegatsiya va Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov viloyat ichki ishlar boshqarmasi faoliyati bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatda bo‘ldi.
Tashrif davomida bugungi kunda O‘zbekistonda, xususan, Samarqand viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar chora-tadbirlar borasida tajriba almashuvi jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, mehmonlar «Xavfsiz shahar» va «Xavfsiz turizm» konsepsiyalari doirasida viloyat IIBda barpo etilgan zamonaviy «Situatsion markaz», “102” tezkor tizimi imkoniyatlaridan foydalangan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida 2021-2022 yillarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha amaliy hamkorlik tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) ijrosini ta’minlash yuzasidan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Shuningdek, tashrif jarayonida koreyalik hamkasblarga Samarqandning turistik ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash amaliyoti namoyish qilindi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.