Koreyaga ketish uchun test imtihonida boshqa fuqaro o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi

EPS-Topik test imtihonida boshqa fuqaro o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro O.O. o‘rniga boshqa fuqaro kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantirgan.

Imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilish lozim.