Rossiyadan yana 17 nafar murakkab vaziyatda qolgan fuqarolar olib kelindi

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan kelishuvga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz charter reys orqali mamlakatimizga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

Bugun ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 17 nafari Moskva shahridan charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi ko‘magida olib kelingan yurtdoshlarimiz asosan kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.