Og‘ir ahvolda qolgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi
- 01.06.2022 14:18
- 173
- Xorij

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga Leningrad oblastida vaqtincha yashab, qonuniy tarzda mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshimiz Sh.X. og‘ir ahvolga tushib qolgani sababli Vatanga qaytishda yordam so‘rab murojaat qilgan.
O‘rganishlar davomida ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Rossiyaga 2019 yilning yanvar oyida qonuniy yo‘llar bilan kelgan. Barcha kerakli hujjatlar asosida qurilish kompaniyasida mehnat faoliyatini olib borgan.
Joriy yilning 8 aprel kuni ish joyida baxtsiz hodisa tufayli og‘ir tan jarohati olgan va uzoq muddatga mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolgan.
Vakolatxona xodimlarining amaliy yordami bilan Sh.X. 30 may kuni Vatanga qaytarildi.
Teglar:
tashqi mehnat migratsiyasi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yangi kitob: Temurbek Jahongir
- Kecha, 16:33
- Mutolaa