Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi: 10 oy davomida xorijda vafot etgan 361 nafar fuqaro jasadi olib kelingan

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, agentlik tomonidan o‘tgan 10 oy davomida xorijda mehnat qilayotgan 408 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar yurtimizga qaytarilgan. Xorijda vafot etgan 361 nafar kishining esa jasadlari olib kelingan.

Shuningdek, agentlik xorijda yordamga muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatilganini ma’lum qilar ekan, 7 ming 992 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 288 ming 352 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 194 nafariga ijtimoiy yordam, 10 ming 951 nafariga moddiy yordam ko‘rsatilganini sanab o‘tgan.