Koreyalik o‘qituvchi payariqlik tarbiyachilarga o‘z tajribasini o‘rtoqlashdi

Payariq tumanidagi 32-maktabgacha ta’lim tashkilotida ish hujjatlarini yuritish, ochiq mashg‘ulotlar tahlili yuzasidan viloyat o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.
Unda maktabgacha ta’lim boshqarmasi metodistlari, tuman va shaharlardan maktabgacha ta’lim bo‘limi sho‘’ba mudirlari, MTT rahbarlari va tarbiyachilar ishtirok etdi.
Seminarda ishtirok etgan Samarqand davlat universitetining maktabgacha ta’lim fakulteti o‘qituvchisi, koreyalik Che Me Na 32-MTTda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, bog‘chalarda bolalar bilan mashg‘ulotlar olib borish, har bir bolaga pedagogik-psixologik yondashuv masalalari xususida so‘z yuritdi.
Shuningdek, ishtirokchilar tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati ko‘rgazmasi hamda guruhlarda o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishdi.
Nasiba JONTO‘RAYEVA.