Koreyalik professor talabalarni til bayrami bilan qutladi

Samarqand  Veterinariya meditsinasi instituti talabalar turar-joyida Davlat tili qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi.

Tadbirga Samarqand davlat chet tillar instituti va shahardagi kasb-hunarga o‘qitish markazi mutaxassislari taklif etildi.

Koreyalik professor Che Deshikning chiqishi talabalarning yodida uzoq vaqt saqlansa ajab emas. Chunki professor o‘z so‘zini o‘zbek tilida boshladi va ayni damda o‘zbek tilini o‘rganayotganini, o‘zbeklarning madaniyati, urf-odatlarini chuqur hurmat qilishini ta’kidladi.

Ta’lim muassasasining o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Gulchehra BERDIYOROVA.