Koronavirus: 25 fevral holati bo‘yicha dunyodagi vaziyat

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat ichida bugungi kunga qadar 77658 ta (74576 ta 20 fevral holati) kasalga chalinganlar qayd etilgan. SCMP (South China Moring Post) nashrining hisobotiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘ylab 80098 kishini (20 fevral holatiga - 75725 kishi) tashkil etmoqda.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bergan ma’lumotga ko‘ra, 24 fevral holatiga kasallanganlar soni 79331 kishini (19 fevral holatiga 75204 kishi) tashkil etgan (ulardan 77262 tasi Xitoyda qayd etilgan). Jami: 2702 nafar inson halok bo‘lgan.
AQSh Oq uyi koronavirus bilan samarali kurashish uchun Kongressdan 2.5 milliard AQSh dollari mablag‘ ajratilishini so‘ragan. Ushbu mablag‘ vaksina yaratishga, tahliliy sinovlar o‘tkazilishiga va yangi turdagi virus bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa amaliyotlar bajarilishiga sarflanadi.
Yevropa ittifoqi davlatlari epidemiyaga qarshi kurashish uchun 232 million yevro ajratilishini ma’lum qildi. Italiya Yevropa ittifoqi davlatlari ichida eng ko‘p talafot ko‘rgan mamlakat bo‘lib qolmoqda. Virus tarqalishining oldini olish maqsadida Italiya hukumati koronavirus aniqlangan hududlarga kirish va chiqishni taqiqladi (23 fevral holatiga Italiyada kasallanganlar soni – 17 kishi).
Janubiy Koreyada kasallanganlar soni 700 nafardan oshib ketdi, ulardan yetti nafari vafot etdi.