Koronavirus bizdan qo‘rqsin!
Koronavirus yurtimizga kirib kelgani bilan uning ko‘payishiga imkon yo‘q. Chunki bu virus issiq haroratda yashay olmasligi, immuniteti kuchli insonlarga yuqmasligi ma’lum. Inson immunitetini oshiruvchi mevalar esa bizda bisyor. Men yaqinda taniqli ijodkor Tal’at Abdullayevning “Samarqandning kishmish uzumi” nomli kitobini o‘qib, undagi ma’lumotlardan siz azizlarni xabardor qilmoqlikni lozim topdim.
“Uzum bilan davolash” qadimda “Avpeloterapiya” deb yuritilgan. U parhezli ovqat va fitoterapiya mahsulotlardan biri. Modda almashinish, o‘pka kasalliklari, darmonsizlik va boshqa ko‘pgina xastaliklar uzum yordamida davolanadi. Uzum o‘zida 100 dan ortiq suvda eruvchi tabiiy foydali moddalar bo‘lganligi bois tanaga yengil singadi. Uning tarkibida ko‘pgina vitaminlar, organik kislotalar, oqsillar mavjud.
Ko‘p miqdorda qand moddasi, efir yog‘lari, mikroelementlar, pektin oshlovchi moddalar va klechatka bor. Uzum bu kabi turli biologik faol moddalarga boyligi bois tanaga shifo bo‘ladi.
Uzum inson salomatligini saqlashda va xastaliklardan xoli bo‘lishda bebaho va shifobaxsh ne’mat. Xalq tabobatida uzum bilan quvuq, buyrak, jigar, yurak, me’da, ichak yo‘li kasalliklarini davolaydi. Shuningdek, padagra bavosil kasalliklarini davolashda ijobiy natijalar berishi, qon ketishini to‘xtatish, o‘t va peshob haydash xususiyatlari bor.
“Maxsan ul adviya” kitobida ta’kidlanishicha, uzum kuchli ozuqa beruvchi nemat, tanada qonni yaxshilaydi, qattiq narsalarni yumshatadi. U nafas yo‘llari va o‘pka holatini yaxshilaydi, semirishga moyillik yaratadi, buyrakda yog‘ hosil bo‘lishiga yordam beradi. Mayiz esa yanada quvvatbaxsh ta’sir ko‘rsatadi. Saqlangan uzum (mayiz) og‘ir xastaliklarni (bezgak, shamollash bilan bog‘liq xastaliklar) boshidan kechirgan kishilar uchun juda foydali hisoblanadi. Uzum yeyish qonni ko‘paytiradi, ichni yumshatadi, ishtahani ochadi, asablarga quvvat beradi. Agar uni ovqat bilan birga yeyilsa, ovqat tez hazm bo‘ladi. Uzumni tinka qurishida, kamqonlikda, o‘pka sili, zotiljam, nafas qisma, oshqozon ichak kasalliklarida iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Shunday ekan, koronavirusning vaksinasi, davosi uzum, mayiz deb ayta olamiz. Har narsada me’yor bo‘lganidek uzum va mayiz iste’mol qilish sog‘lig‘imiz uchun faqat foyda keltiradi.
Otabek O‘ROQOV.