Koronavirus: kecha Samarqandda 72 kishida kasallik qayd etildi, 92 nafar bemor tuzaldi
🔺2021 yil 30 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 153 (+476) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 20 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 20 nafari Andijon viloyatida,
📌 25 nafari Buxoro viloyatida,
📌 41 nafari Jizzax viloyatida,
📌 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 7 nafari Navoiy viloyatida,
📌 43 nafari Namangan viloyatida,
📌 72 nafari Samarqand viloyatida,
📌 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 28 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 4 nafari Xorazm viloyatida,
📌 49 nafari Toshkent viloyatida,
📌 101 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha kun davomida respublikamiz bo‘yicha 633 nafar, shundan Samarqand viloyatida 92 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 107 696 nafarga yetdi.
⚫️ Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2 717 nafar bemor davolanmoqda.