Koronavirus qayd etilgan 390 nafar fuqarodan 188 nafari erkak, 202 nafari ayollar

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 390 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir.

Yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak,

0-9 yoshgacha – 10 nafar (2,6 %);

10-19 yoshgacha – 15 nafar (3,8 %);

20-29 yoshgacha – 59 nafar (15,1 %);

30-39 yoshgacha – 111 nafar (28,5 %);

40-49 yoshgacha – 123 nafar (31,5 %);

50-59 yoshgacha – 48 nafar (12,3 %);

60-69 yoshgacha – 17 (4,4 %);

70-79 yoshgacha – 6 (1,5 %);

80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,3%)ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda Toshkent shahrida 170 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor davolanmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2, Andijon viloyatida 61, Buxoro viloyatida 19, Namangan viloyatida 48, Farg‘ona viloyatida 64, Xorazm viloyatida 18, Qashqadaryo viloyatida 6 hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. Bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda.

Bemorlarning 31 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda. Shundan 9 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.