Koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha eng past ko‘rsatkich O‘zbekistonda

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida halok bo‘lish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich hozircha O‘zbekistonga tegishli bo‘lib turibdi, deb ma’lumot berildi "Koronavirus info" telegram kanalida.

Ayni paytda koronavirus bilan chalinganlar soni 624 taga yetgan. Shundan 3 tasi vafot etgan bo‘lsa, 42 tasi tuzalib ketgan.

Dunyo bo‘yicha o‘lim holati O‘zbekistonda 0,52 foizni tashkil etgan. Undan keyin Rossiya (0,75) bo‘lib turibdi. MDH davlatlaridagi 1,13 foiz ko‘rsatkich dunyodagi holatdan (6,1%) 5 baravar kam.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston va Turkmanistonda hozirgacha kasallik aniqlanmagan. Har ikkala mamlakat ham chegaralarini butunlay yopgan.

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p o‘lim Fransiya (14,14 %), Italiya (12,73%), Buyuk Britaniya (12,26 %), Niderlandiya (11,01%), Belgiya (10,1 %) va Ispaniyada (10 %) qayd etilgan.

Hozirgacha dunyo bo‘yicha 1,61 million odam koronavirusga chalingan bo‘lib, 95 mingdan ortiq odam vafot etgan, 35 mingdan ortiq odam tuzalgan.