Koronavirus: Samarqandda 78 kishi kasallandi, 120 nafar bemor tuzaldi

🔺 2021 yil 26 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 125 784 (+789) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 75 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 23 nafari Andijon viloyatida,
📌 16 nafari Buxoro viloyatida,
📌 79 nafari Jizzax viloyatida,
📌 25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 16 nafari Navoiy viloyatida,
📌 32 nafari Namangan viloyatida,
📌 78 nafari Samarqand viloyatida,
📌 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 72 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 42 nafari Xorazm viloyatida,
📌 105 nafari Toshkent viloyatida,
📌 112 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️Bundan tashqari, 521 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 871 nafar, shundan Samarqand viloyatida 120 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 120 320 nafarga yetdi, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.